AQSh hukumati Afg`onistondan chiqarilishdan oldinroq Kobulga bergan havo zarbasida halok bo`lgan 10 nafar afg`onning qarindoshlariga kompensasiya to`lamoqchi. Vafot etganlarning 7 nafarini yosh bolalar tashkil qiladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, halok bo`lganlarning qarindoshlari AQSh hukumati kechirim so`rash yoki halok bo`lganlar uchun kompensasiya to`lash to`g`risida aloqaga chiqmaganidan shikoyat qilgan.
Manba bergan xabarga ko`ra, 15 oktyabr kuni AQSh mudofaa vazirining o`rinbosari Kolin Kal Nutrition and Education International tashkilotining rahbari Stiven Kvon bilan muloqatda halok bo`lganlarning oilalariga tovon puli to`lashni taklif qilgan.
Ma`lum qilinishicha, Halok bo`lganlardan biri Zamairi Ahmadiy ham shu tashkilotda ishlagan. Tarjimon sifatida faoliyat ko`rsatgan Ahmad Nosir avizarba natijasida vafot etgan.
Bundan tashqari, Pentagon avizarba natijasida halok bo`lganlarning qarindoshlarini AQShga ko`chirish masalasini ham ko`rib chiqmoqda.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi






