Rejissyor Melis Abzalovning 1982 yil katta ekranlarga chiqqan “Suyunchi” filmi barchamizning qadrdon kinokartinamizga aylangan. Ayniqsa, Nazira obrazi! Ushbu rolni ijro etgan Shahnoza Shamsieva ko`p yillardan buyon Afrikada, Zambiya respublikasida yashaydi.
Yaqinda Shahnoza Shamsieva Toshkentda keldi. Kuni kecha “Sevimli” telekanalining “Xayrli oqshom” dasturi Nazirani 40 yildan so`ng filmdagi opalari bilan uchrashtirdi. Mashhur ayvonda yana o`sha mashhur sahna takrorlandi!



Ular qanchalik o`zgargan? Nazira bu safar qanday choy damlaydi? Hayajonli daqiqalarni ushbu video orqali tomosha qilishingiz mumkin.






