Tashqi mehnat migrasiyasi Rossiyada ishlash istagida bo`lgan namanganlik fuqarolarga ish o`rinlari haqida ma`lumot berdi.
Fuqarolar Amur o`lkasidagi yirik ish beruvchilardan biri hisoblangan "Vellostroy" MChJga qarashli Neft va gazni qayta ishlash zavodi qurilishi va "PSP" MChJga qarashli Kosmodrom atrofidagi qurilish ob`ektlariga ishga taklif qilinmoqda.
Qayd etilishicha, bo`sh ish o`rinlariga 19-50 yoshdagi, kamida 1 yillik ish tajribaga ega va jismonan sog`lom, xorijga chiqish pasporti mavjud fuqarolar (erkaklar) talab etiladi.
Aviachipta va Rossiyada ishlash huquqini beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish xarajatlari, yotoqxona, maxsus ishchi kiyim va uch mahal ovqat ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Ish vaqti: haftasiga 6 kun, 8-10 soatdan;
Oylik ish haqi: 35-60 ming rubl (reja ortig`i bilan bajarilganda mukofot puli to`lanadi).
Talab etiladigan mutaxasisiliklar:
- elektr montajchisi;
- yong`in xavfsizligi signalizasiyasi montajchisi;
- maxsus texnika haydovchisi;
- gipsokartonchi;
- suvoqchi-bo`yoqchi;
- kafel teruvchi;
- payvandchi;
- armatura ishlari;
- opalubka o`rnatish;
- monolit ishlari;
- beton quyish.
Ushbu kasblar bo`yicha ishlash istagida bo`lgan fuqarolar Neft va gazni qayta ishlash zavodi qurilishiga 18 oktyabr soat 10:00 da, Kosmodrom atrofidagi qurilish ishlariga 19 oktyabr soat 10:00 da boshlanadigan tanlovlarda ishtirok etish uchun Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Namangan viloyati filiali binosiga xorijga chiqish va biometrik pasportlari bilan kelishlari so`ralmoqda.
Manzil: Namangan shahri, Nodira ko`chasi 3-uy. Mo`ljal: Sardoba bozori, Zangori ekran korxonasi.
Murojaat uchun: 69-227-94-64, 69-227-97-27.