AsosiyJamiyat

Davlat rahbarining o`z belgisi va shtandarti (bayrog`i)ni belgilash bo`yicha qonun loyihasi qabul qilindi

'Davlat rahbarining o`z belgisi va shtandarti (bayrog`i)ni  belgilash bo`yicha  qonun loyihasi qabul qilindi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi  majlisida “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga qo`shimcha kiritish haqida”gi Qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.

Qonun loyihasini deputatlarga adliya vaziri Ruslanbek Davletov taqdim qildi.

 

Ta`kidlanishicha, Qonun loyihasi bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farqlovchi belgilari, ya`ni o`z belgisi va shtandarti (bayrog`i) yuzasidan qoidalar kiritilmoqda.

 

Xorijiy davlatlarda Davlat rahbarining o`z belgisi va shtandarti yangi saylangan Prezidentga qasamyod qabul qilgandan keyin topshirilishi belgilangan. O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu masalalar tartibga solinmaganligi bois, qonunchilikni tegishli mazmundagi norma bilan to`ldirish taklif etilmoqda.

 

Ushbu tartib lavozimga saylangan shaxsni prezidentlik lavozimiga yuklatilgan murakkab vazifalarni samarali amalga oshirishiga xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qilishi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar