Boks bo`yicha O`zbekiston o`smirlar terma jamoasi a`zolari Qozog`iston Respublikasi Aksay shahrida o`tkaziladigan "Duslik" xalqaro turnirda ishtirok etishdi. Bu O`zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu xalqaro turnirda 2006-2007 yillarda tavallud topgan bokschilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilib, 7 ta oltin, 2 ta kumush medalga sazovor bo`lishdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi bokschilarimiz sovrindor bo`lishdi:
Oltin :
-46kg: Ilhom Ergashev
-48kg: Nodir Allaberganov
-57kg: Akbar Ahmadov
-63kg: Hojiakbar Kudratov
-70kg: Abduqodir Taxli
-80kg: Raxmonjon Qodirov
+80kg: Asilbek Ishmurodov
Kumush:
-52kg: Farrux Rahmatullaev
-63kg: Sardor Dilolov
Murabbiy Ramzjon Axmedov musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida e`tirof etildi. Hamyurtimiz Maruf Urdushev turnir davomida hakam sifatida faoliyat olib bordi.