Sog`liqni saqlash vazirligi bergan ma`lumotga ko`ra, mamlakatimizda ro`yxatga olingan koronavirusdan kasallanish holatlarining yoshma-yosh tahlili sentyabr va oktyabr oyining o`n kunligida quyidagi ko`rinishga ega:
🔺14 yoshgacha bo`lgan bolalar o`rtacha 16 foiz;
🔺15-19 yoshdagilar 6 foiz;
🔺20-29 yoshdagilar 14 foiz;
🔺30-39 yoshdagilar 19 foiz;
🔺40-49 yoshdagilar 13 foiz;
🔺50-59 yoshdagilar 12 foiz;
🔺60 yosh va undan kattalar 20 foiz.
Ma`lumot o`rnida aytish lozimki, ayni paytda Zangiota 1- va 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida
- 333 nafar og`ir;
- 224 nafar o`ta og`ir bemor davolanmoqda.
Ushbu muassasalardagi jami bemorlarning 172 nafari 18 yoshgacha bo`lgan bolalar, 117 nafari esa homilador ayollardir.
Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina olishga va emlash tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqiramiz.