Tekshiruvlar davomida noqonuniy tarzda giyohvandlik, psixotrop hamda pirotexnika vositalarini olib ketayotgan haydovchi va yo`lovchilar aniqlanmoqda, deya reyd natijalari bo`yicha xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati.
Poytaxt ko`chalarida YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida:
- 2021 yil 17 oktyabr kuni soat 00:10 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Sharq” YPX maskanida YPX xodimlari J.To`raboev va M.Shamshievlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, salonda bo`lgan yo`lovchi, 1974 yilda tug`ilgan R.O. ko`rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida yo`lovchi R.O.ning cho`ntagidan giyohvandlik moddasiga o`xshash 3 dona o`simlik boshog`i va sellofan paketga solingan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddalari topilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro O.R. va topilgan o`simliklar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.
- 2021 yil 17 oktyabr kuni soat 11:15 larda, Bektemir tumani hududida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari I.Mambetov va I.Djumaboevlar tomonidan Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga kirib kelayotgan “Isuzu” rusumli yuk avtomobili to`xtatilib tekshirilganda, haydovchi, 1983 yilda tug`ilgan A.B. ko`rinishi va turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubxa uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida haydovchi A.B.ning cho`ntagidan qog`oz parchasiga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddasi topilgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi A.B. va topilgan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.
- 2021 yil 18 oktyabr kuni soat 00:30 larda Yangihayot tumani, Qipchoq ko`chasida YPX xodimlari Sh.Tashxodjaev tomonidan “Damas” rusumli avtomobil to`xtatilib xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil salonidan 4 ta qoplarga solingan, jami 140 dona “7 SHOTS” nomli pirotexnika vositalari olib ketilayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi D.M. va aniqlangan vositalar Yangihayot tumani IIO FMBga topshirilgan.
- 2021 yil 17 oktyabr kuni soat 20:30 larda Uchtepa tumaniga xizmatga jalb etilgan YPX xodimi D.Xujaev tomonidan “Shirin” ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtomobil to`xtatilib xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganda, avtomobil yo`lovchisi 1991 yilda tug`ilgan B.M.ning yonidan 14 dona ”Regapen” nomli psixotrop dori vositalari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro B.M. va aniqlangan vositalar Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.