AsosiyJamiyat

O`zbekiston Saudiya Arabistoni bilan emlanganlik to`g`risidagi sertifikatlarni tan olish masalasida muzokara olib bormoqda — Nurmat Otabekov

'O`zbekiston Saudiya Arabistoni bilan emlanganlik to`g`risidagi sertifikatlarni tan olish masalasida muzokara olib bormoqda — Nurmat Otabekov'ning rasmi

Men onam bilan Haj va Umra safariga to`lov qilib navbatimiz kelishini kutayotgan edik. O`zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandik. To`liq emlanib bo`lganimizdan keyni yo`llar ochilishi e`lon qilindi. Baxtga qarshi biz emlangan vaksina bilan safarga chiqa olmas ekanmiz. Axir bu vaksina bilan ko`p insonlar emlandi.

Ushbu savol bilan Innovasion rivojlanish vazirligi Axborot xizmati Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Nurmat Otabekovga yuzlandi.

— O`zbekiston-Xitoy hamkorligidagi vaksinani JSTTdan ro`yxatdan o`tkazish uchun kerakli hujjatlar taqdim etilgan. Agar JSST ushbu vaksinani tan olib, e`tirof etadigan bo`lsa bu masala tabiiyki echiladi. Hozirda Diniy qo`mita Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Saudiya Arabistoni rasmiylari bilan emlanganlik to`g`risidagi sertifikatlarni tan olish masalasida muzokaralar olib bormoqda.  

Ayni vaqtda Saudiya Arabistoni o`zbek-xitoy vaksinasini tan olmayotgan bo`lsa, balki JSST gibrid vaksinasiyani, ya`ni bitta vaksina olgandan keyin yana ikkinchi bir vaksinani olish va uni muddatini belgilashi mumkin bo`ladi.  Shunga qarab munosabat bildiriladi.  

Lekin aholini emlash va fuqarolarda immun tizimini shakllantirish bu tibbiyotning vazifasi, uni tan olinishiga erishish vazifasi Tashqi ishlar vazirligi va Din ishlari bo`yicha qo`mitaning zimmasida bo`lishi kerak, - deya javob bergan mas`ul. 

    Boshqa yangiliklar