O`zbekiston milliy teleradiokanallari orqali 19 oktyabr kuni soat 17:00 da prezident saylovida nomzodlarning vakillari o`rtasidagi teledebat namoyish etiladi. Bu haqda «O`zbekiston 24» telekanali xabar berdi.
Debatni «O`zbekiston24», «O`zbekiston», «Yoshlar», «Mahalla» va «Madaniyat va ma`rifat» kanallarida tomosha qilish mumkin. Shu bilan birga, kanallarda teledebatning surdotarjimasi hamda rus va ingliz tillaridagi tarjimalari berib boriladi.
Bundan tashqari, Milliy teleradiokompaniyaning onlayn platformasi — «Uztv.uz» orqali ham teledebatlar efirga uzatiladi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekistonda 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabr kuni bo`lib o`tadi.