AsosiyJamiyat

Saylov-2021: muddatidan oldin ovoz berganlarning 4 kunlik soni ma`lum qilindi

'Saylov-2021: muddatidan oldin ovoz berganlarning 4 kunlik soni ma`lum qilindi'ning rasmi

14-17 oktyabr kunlari jami 89 798 nafar saylovchi Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berdi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`ulmot uchun, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi saylov uchastkalarida saylov kuni o`z yashash joyida bo`lish imkoniyatiga ega bo`lmagan saylovchilar uchun muddatidan oldin ovoz berish 2021 yil 14 oktyabr kuni boshlangan edi va bu jarayon 2021 yil 20 oktyabrning yakuniga qadar davom etadi.  

Mamlakatimizda tuzilgan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berish vaqtini soat 9:00 dan soat 19:00 ga qadar, O`zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berishdi. ni ushbu saylov uchastkalari joylashgan erdagi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan soat 19:00ga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

 

 

    Boshqa yangiliklar