Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Vatikandagi marosimda ishkalga o`ralashib qoldi. Bu haqda MMA Mania xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, irlandiyalik sportchi taniqli di-jey va teleboshlovchi Franchesko Fachchinetti bilan kelishmay qolgan hamda uning burnini sindirgan.
“Tungi soat 02:30da mister Makgregor menga hujum qildi. U o`nlab guvohlar, tansoqchilari va mening do`stlarim ko`z o`ngida yuzimga tarsaki tushirdi. Natijada, tishim va burnim sindi. Biz u bilan yaxshi kayfiyatda suhbatlashib o`tirgandik. Keyinchalik u kutilmaganda menga tashlanib qoldi. Meni sababsiz kaltaklashdi. Konor juda qo`pol va vahshiy odam. Shu sababli ham uni sudga beraman”, - dedi Fachchinetti.
Eslatib o`tamiz, Makregor avvalroq Bruklindagi marosimda ham amerikalik qo`shiqchini do`pposlagani aytilgandi.






