Parkent tuman prokuraturasi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida byudjet va byudjetdan tashqari mablag`larni sarflanishi, davlat mulki va boshqa ob`ektlarni saqlanishi yuzasidan tekshirish o`tkazilgan.
Toshkent viloyat prokuraturasining rasmiy bayonotiga ko`ra, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari 2019-2020 moliya yilida byudjet va smeta-shtat intizomini 1 mlrd. 193 mln 205 ming so`m miqdorda buzgan.
Shuningdek, tuman tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari
1 mlrd. 511 mln 123 ming so`m pul mablag`larini rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilishgan.
Mazkur holatlar 36 nafar tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari va ishga aloqador guvohlarning ko`rsatmalarida bayon etilgan. Bundan tashqari, sohtalashtirib, noto`g`ri ma`lumotlar kiritilgan tabellar, shtat-smeta hujjatlari va boshqa dalillar ish hujjatlariga qo`shilgan.
Ayblanuvchilarga nisbatan prosessual tartibda "qamoq", "uy qamog`i" va "garov" ehtiyot choralari qo`llanilgan.
Yuqoridagilarga ko`ra, Parkent tuman prokuraturasi tomonidan tibbiyot birlashmasi boshlig`i va boshqalarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 184(1)-moddasi 2-qismi va 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilgan va tergov yakuni bo`yicha jinoyat ishi mazmunan ko`rib chiqishlik uchun JIB Parkent tuman sudiga yuborilgan.
Toshkent viloyat prokuraturasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:






