Bugun, 18 oktyabr kuni soat taxminan 18:50 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko`chasi 14-uy qarshisida haydovchi 1954 yilda tug`ilgan S.Maxmud boshqaruvidagi Matiz rusumli davlat raqami 10 S 837 LA bo`lgan transport vositasida Bobur ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelayotgan vaqtda transport vositasining old kapot qismida yong`in chiqqan.
Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari va 2 ta yong`in-qutqaruv ekipajlari soat 18:34 da etib borib, soat 18:37 da yong`in batamom o`chirilgan.
Hodisa oqibatida halok bo`lgan va jabrlanganlar yo`q.
Hozirda yong`in sababi va etkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Holat yuzasidan tekshiruv o`tkazilmoqda, tekshiruv natijasida yong`inning kelib chiqish sabablariga aniqlik kiritiladi, deya ma`lum qildi Toshkent shahar IIB.