AsosiyDunyo

Hindistonning janubi-g`arbidagi suv toshqinlari oqibatida 24 kishi halok bo`ldi

'Hindistonning janubi-g`arbidagi suv toshqinlari oqibatida 24 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Hindistonning Kerala shtatida shanba kuni boshlangan yog`ingarchiliklar sababli yuzaga kelgan toshqinlar oqibatida kamida 24 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Hindustan Times xabar bermoqda.  

Qayd etilishicha, mamlakat janubiy-g`arbidagi shtatda o`tgan hafta oxirida boshlangan yog`ingarchilik tufayli ko`plab uylar va binolarga zarar etgan. Shuningdek, ko`plab insonlar bedarak yo`qolgan. Halok bo`lgan orasida kamida besh nafari yosh bolalar ekanligi aytilmoqda.  

Jabrlanganlarni xavfsiz hududlarga evakuasiya qilishda harbiy vertolyotlar jalb qilingan. Hattoki, qutqaruv ishlariga kemalar ham safarbar etilgani aytilmoqda.  

Ma`lumot uchun, Kerala tarixidagi eng dahshatli toshqinlardan biri 2008 yilda ro`y bergan va unda 400 kishi halok bo`lgan. 

Izzatbek ABDUVAHOBOV tayyorladi

    Boshqa yangiliklar