“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko`ra, 2021 yil 1 noyabrdan:
- hududida xonadonlar soni mingta va undan ortiq bo`lgan fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlarining oylik lavozim maoshlari 35 foizga oshiriladi;
- fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlarini rag`batlantirish, ularga buxgalteriya xizmatini ko`rsatish vazifasi tuman (shahar) hokimliklaridan tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limlariga o`tkaziladi;
- tuman (shahar) mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash bo`limlari huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari xodimlarini rag`batlantirish jamg`armasi tashkil etiladi.