Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada mustahkamlashga, onalar va bolalarni tibbiy parvarish qilish darajasi va sifatini oshirishga yo`naltirilgan “Sog`lom ona va bola yili” Davlat dasturi tadbirlarini faol amalga oshirish boshlandi.
Dastur tadbirlarini moliyalashtirishga joriy yilning birinchi choragida qariyb 1,3 trillion so`m miqdoridagi mablag` yo`naltirildi.
Bu haqda 2016 yil 15 aprelda Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini muhokama qilishga va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan joriy yilning 15 yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2016 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo`nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholashga bag`ishlangan majlisida ma`lumot berildi.





