AsosiyDunyo

“Kalmar o`yini” Netflix komaniyasiga qancha daromad keltirgani ma`lum bo`ldi

'“Kalmar o`yini” Netflix komaniyasiga qancha daromad keltirgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Neftlix kompaniyasining xisob-kitobiga ko`ra, ularning asosiy xitiga aylangan “Kalmar o`yini” 900 million dollarga yaqin daromad keltirgan. 

Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

 Manbada aytilishicha, Janubiy Koreya seriali kompaniyaga birinchi oyda 891,1 million dollar daromad keltirgan. Serialni Neftlix platformasi orqali 111 milliondan ortiq kishi ko`rgan. 

Kompaniya bergan ma`lumotga ko`ra, serialni ishlab chiqarish uchun 21,4 million dollar sarflangan, ya`ni, har bir qismi uchun taxminan 2,4 million dollarga tushgan.

 Taqqoslash uchun, “Ildiz” serialining bir qismi uchun taxminan 13 million dollar, “G`alati narsalara” serialining bir serialiga esa 12 million dollar sarflangan. 

Ma`lumot uchun, “Kalmar o`yini” – Janubiy Koreya kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan. 

    Boshqa yangiliklar