AsosiyJamiyat

O`zbekistonda shu kunga qadar jami 24 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi

'O`zbekistonda shu kunga qadar jami 24 million dozadan ortiq koronavirusga qarshi vaksina qo`llanildi'ning rasmi

 

18 oktyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 240 105  doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:  

  • 1-bosqich emlanganlar 88 868 nafarni,
  • 2-bosqich emlanganlar 88 577 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 62 660 nafarni tashkil qildi.

   

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 24 087 004 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 12 861 301 nafarni,
  • 2-bosqichda emlanganlar 7 613 138 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 3 612 565 nafarni tashkil qildi.

 Shu kungacha to`liq emlangan fuqarolar 5 789 691 nafarni tashkil qilmoqda

Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

  • Toshkent viloyati (42 237 doza),
  • Farg`ona viloyati (25 107 doza),
  • Namangan viloyati (24 497 doza) band qildi.

 

 Farg`ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida jami qo`llanilgan vaksinalar miqdori 2 million dozadan oshib ulgurgan.

 

Emlash jarayonlari davom etadi.

    Boshqa yangiliklar