AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev: Eng katta muammo – Afg`oniston shu qishni eson-omon, ocharchilikka duch kelmay, urushlarsiz o`tkazib olishi

'Shavkat Mirziyoev: Eng katta muammo – Afg`oniston shu qishni eson-omon, ocharchilikka duch kelmay, urushlarsiz o`tkazib olishi'ning rasmi

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoev toshkentliklar bilan bo`layotgan uchrashuvda Afg`oniston mavzusiga to`xtalib o`tdi.

"Hech qachon dunyo iqtisodiyoti bunday jiddiy sinovga duch kelmagan. Kasallik tufayli eng kuchli davlatlar ham qiyin vaziyatga tushib qoldi. Biz shunday vaziyatda ham iqtisodiyotimizni saqlab turishga va hatto o`sishga erishdik.

Albatta, pandemiya talablaridan hammamiz charchadik. Pandemiya davrida ko`p davlatlar “egoist” bo`lib ketdi. Buni ham tushunish mumkin, vaziyat og`ir. Men ham birinchi navbatda o`zimizning mamlakat tinchligi, xalqim farovonligini o`ylashim kerak.

Qo`shnilarimiz bilan munosabatlarni kuzatib turibsiz. 5 yillik qisqa muddatda katta yutuqlarga erishganimiz bor gap. Afg`on muammosi bizni jiddiy o`ylantiradi. Eng katta muammo – Afg`oniston shu qishni eson-omon, ocharchilikka duch kelmay, urushlarsiz o`tkazib olishi. O`ylaymanki, hukumat tepasiga kelgan yangi kuchlar ham o`z xalqini o`ylaydi.

Men yoshlar bilan ko`p uchrashaman va bir gapni aytaman – har bir daqiqa g`animat. Olgan bilimingiz o`tda yonmaydi, suvda cho`kmaydi. Najot bilimda, muallimda. Poytaxtimiz Toshkent bu bo`yicha namuna bo`ladi deb ishonaman" deydi davlat rahbari.

 

    Boshqa yangiliklar