Hukumatning "Ta`lim darajasi yuqori bo`lmagan maktablarga malakali o`qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo`nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo`limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi. Bu haqda Ta`lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.
Oldinroq mutaxassis toifasidagi pedagoglar 1,5 yilda oliy toifaga erishishlari mumkinligi haqida xabar berilgan.
Ushbu qaror bilan yana bir qator yangiliklar joriy etilgan bo`lib, ular haqida Ta`lim inspeksiyasining telegram kanali (@uztdi) orqali xabar berib boriladi.






