Mamlakatimizning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov kecha Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri va davlat madaniyat ishlari vaziri Minakashi Lekhi bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Minakashi Lekxi 2021 yil 23-27 sentyabr kunlari Toshkentga amalga oshirilgan tashrifni har tomonlama samarali va yuqori darajada tashkil etilgani uchun O`zbekiston hukumatiga yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirdi.
Tashrif davomida O`zbekistan va Hindiston hukumatlari o`rtasida 2021-2025 yillarga muljallangan Madaniy almashinuv dasturining imzolangani mazkur yo`nalishdagi amaliy hamkorlik uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta`kidlandi. Mazkur dastur doirasida ikki davlat muzeylari, yirik kutubxonalari va arxivlari o`rtasida faol amaliy aloqalarni yo`lga qo`yishga kelishildi.
Uchrashuvda O`zbekiston – Hindiston hamkorligi kun tartibidagi joriy masalalar va istiqboldagi ahamiyatli tadbirlar yuzasidan ham fikr almashildi.






