AsosiyJamiyat

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o`zgardi

'Toshkent shahar bosh imom-xatibi o`zgardi'ning rasmi

Toshkent shahriga yangi bosh imom-xatib tayinlandi. Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi Sayfuddinov Rahmatulloh ushbu vazifaga tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Sayfuddinov Rahmatulloh ish faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Xo`ja Alambardor», «Minor» jome masjidlarida imom-xatibi va shu kunga qadar Toshkent shahri Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar