AsosiyJamiyat

“Barselona” Messiga o`rinbosar sifatida qaralayotgan iqtidor egasi bilan yangi shartnoma imzoladi

'“Barselona” Messiga  o`rinbosar sifatida qaralayotgan iqtidor  egasi bilan yangi shartnoma imzoladi'ning rasmi

“Barselona” iqtidorli futbolchisi Ansu Fati bilan yangi shartnoma imzolaganini ma`lum qildi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Fati 2027 yilning yozigacha mo`jallangan shartnomaga imzo chekkan. Futbolchining agent Jorje Mendesh bir necha kundan buyon Fatining yangi shartnomasi borasida “Barselona” rahbariyati bilan muzokaralar o`tkazayotgan edi.  

Shuningdek, “Barselona” Fatining tovon pulini 1 milliard dollar deb belgiladi. Unga “Manchester Siti” va “Yuventus” jamoalari tomonidan qiziqish bo`layotgan edi.  

Ma`lumot uchun, iqtidorli chart to`p ustasi Lionel Messidan qolgan 10-raqam ostida to`p surmoqda.  Og`ir jarohatidan tuzalib safga qaytdi va “Valensiya”ga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg`ol qildi. 

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi

    Boshqa yangiliklar