Ertaga, 20 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi videokonferensaloqa tarzida o`tkaziladi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati ma`lum qildi.
Yalpi majlisni Senatning www.senat.uz rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali onlayn tarzda kuzatib borishingiz mumkin, deyiladi xabarda.






