AQShning Kaliforniya shtatidagi Palm-Bich hayvonot bog`ida Malayziya yo`lbarsi ishchilardan biriga hamla qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Hayvonot bog`i xodimi yo`lbarsni tomoshaga tayyorlayotgan edi. Steysi Konvayzer ko`p qon yo`qotganligi sababli voqea joyida vafot etdi. Ma`lum bo`lishicha, yo`lbars hayvonot bog`iga tashrif buyuruvchilarga xavf tug`dirmagan. Sababi ishchi uni odamlardan uzoq joyda sahna chiqishiga tayyorlayotgan bo`lgan.
1950 yildan beri faoliyat yuritayotgan hayvonot bog`ida bunday hol birinchi marta kuzatilishi.
10 aprel kuni Rossiyaning Barnaul shahridagi hayvonot bog`idagi yo`lbar u bilan suratga tushmoqchi bo`lgan qizchaga tashlangan edi.





