Xalq deputatlari viloyat Kengashining VI chaqiriq 30-sessiyasi o`tkazildi. Sessiya kun tartibida Prezidentning “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni, byudjet mablag`larini Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari qarorisiz ishlatganlik holatlari va qabullarda fuqarolarga “Saxovat va ko`mak” jamg`armasidan mablag` ajratish kabi bir qator masalalar muhokama etildi.
- O`z bolasini sotayotgan ayollar haqida xech qanday muhokama bo`lishi mumkin emas, uni orqasida boshqa insonlar qo`li turibdi, - deydi Zoyir Mirzaev. - O`zbekchiligimizga xos bo`lmagan bu illatni aniqlash emas, oldini olish choralarini ko`rish kerak. Buning uchun har bir fuqaro, mahalla faollari va hududlardan saylangan deputatlar faol va sergak bo`lishi kerak.
Shuningdek, “Saxovat va ko`mak” jamg`armasidan fuqarolarga ajratilayotgan mablag`lardan ular maqsadli foydalanmayotgani va buning natijasida takroriy murojaatlar ko`paygani alohida ta`kidlandi.






