Rossiya bosh vaziri o`rinbosari Tatyana Golikova mamlakatdagi vaziyat borasida ma`lumot berarkan, qo`shimcha dam olish kunlari sonini ko`paytirishni taklif etdi.
Qayd etilishicha, bu kabi cheklovlar koronavirus holati keskin ortib borayotgan hududlardan 23 oktyabr sanasidan amal qilinishi mumkin. 25 oktyabr kunidan boshlab esa 60dan yuqori bo`lgan va surunkali kasalligi bor xodimlar masofadan ishlash rejimiga o`tiladi. Bu kabi choraalar 2022 yilning fevraliga qadar amalda bo`ladi.
Oxirgi haftada Moskvada koronavirus yuqtirish bilan bog`liq holatlar keskin ko`paydi. 18 oktyabr kuni 6823, 19 oktyabr kuni 5700ta yangi holat aniqlangan. Shahar meri Sergey Sobyanin kasallangan bemorlar uchun 12,5 ming joy borligi va ularning 8 mingtasi allaqachon bandligi ma`lum qilgan edi.
Rossiyada koronavirus tufayli vafot etganlar soni bir kun oldingi 998 taga nisbatan 1,015 taga ko`payib, 225 325 taga etganligi ma`lum qilindi.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi






