AsosiyDunyo

Manba: Damashqda Prezident ko`prigida sodir etilgan terakтda 13 kishi halok bo`ldi

'Manba: Damashqda Prezident ko`prigida sodir etilgan terakтda 13 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Suriya poytaxti Damashq shahrining markazida sodir etilgan terakt oqibatida kamida 10 kishi halok bo`ldi. Bu haqda Sana agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, chorshanba kuni ertalab shahardagi Prezident ko`prigiga o`rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushirilgan. Natijada, Suriya harbiylari bo`lgan avtobus portlab ketgan. Terakt oqibatida esa kamida 13 kishi halok bo`lgan, yana uch nafar harbiy jarohat olgan. Tinch aholi orasida qurbonlar haqida ma`lumot berilmagan.

Al-Mayadeen  telekanali xabar berishicha, terakt erta tongda, ko`plab poytaxt aholisi ishga, maktab o`quvchilari va talabalar darsga yo`l olgan vaqtida sodir etilgan. Voqea joylariga etib kelgan qutqaruvchilar, harbiy xizmatchilar ko`prik yaqin atrofiga o`rnatilgan boshqa portlovchi qurilmani zararlantirgan.  

    Boshqa yangiliklar