AsosiyDunyo

Skoda Chexiyadagi zavodlari faoliyatini to`xtatish sababini ma`lum qildi

'Skoda Chexiyadagi zavodlari faoliyatini to`xtatish sababini ma`lum qildi'ning rasmi

Skoda kompaniyasi Chexiyadagi ikkita korxonasi faoliyatini to`xtatishga majbur bo`ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, yarimo`tkazgichlar etishmovchilig tufayli korxona o`z ishini to`xtatgan. Agarda, bu muammo yaqin ikki hafta ichida hal qilinmasa, zavodlar yil yakuniga qadar ishlamasligi aytilmoqda.

 

Chexiyaning Mlada-Boleslav va Vrxlabi shaharlaridagi korxonalari ish faoliyatini to`xtatgan, faqatgina, Kvasinadagi zavod ishlab turibdi. Aytilishicha, bu korxonada ham 10 mingga yaqin to`liq yig`ilmagan avtomobillar to`planib qolgan.

Automotive News kompaniyasi vakili Tomas Kotter ushbu vaziyatga o`z munosabatini bildirdi:

“Yarimo`tkazgichlarga bo`lgan talab yuqori va ular kerakli miqdorda etishmasligi tufayli korxonalar shunday qarorga kelishga majbur bo`lmoqda. Hozirda xaridorlar buyurtma qilingan mashinalarini uzoq kutishga to`g`ri keladi. Bundan tashqari, mashinalar narxi ham sezirarli darajada oshishi mumkin”, - dedi u.

 

 

    Boshqa yangiliklar