AsosiyJamiyat

Taklifnoma berilmagan bo`lsa ham saylovda qatnashish mumkinmi?

'Taklifnoma berilmagan bo`lsa ham saylovda qatnashish mumkinmi?'ning rasmi

24 oktyabr O`zbekiston prezidenti saylovi kuni yaqinlashgan sari ovoz berish jarayoni bilan bog`liq eng muhim savollarga javoblar taqdim etilmoqda. Xususan, taklifnoma berilmagan bo`lsa ham saylovda qatnashish mumkinmi? Ushbu savolga MSK rasmiy sahifasida javob taqdim etildi. 

— Albatta mumkin. Taklifnomalar saylov kuni va vaqtidan bexabar bo`lgan fuqarolarni saylov vaqti, kuni va joyi to`g`risida xabardor qilish uchun tarqatiladi. Agar sizga taklifnoma berilmagan bo`lsa, bu sizni saylov huquqidan mahrum qilmaydi. Taklifnoma berilmagani saylovda ishtirok etish yoki ishtirok etmaslikka to`sqinlik qila olmaydi. Taklifnoma berilmagan bo`lsa ham siz bemalol 24 oktyabr sanasida saylovda ishtirok etishingiz mumkin. O`z konstitusion huquqingizdan faol tarzda foydalaning, befarq bo`lmang!

    Boshqa yangiliklar