AsosiyDunyo

Facebook kelgusi haftada o`z nomini o`zgartirmoqchi

'Facebook kelgusi haftada o`z nomini o`zgartirmoqchi'ning rasmi

Facebook kompaniyasi kelgusi haftada o`z nomini o`zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Verge portali xabar bermoqda.

Agentlik bergan ma`lumotga ko`ra, ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Sukerberg kompaniya nomini o`zgartirilishini 28 oktyabr kuni o`tkaziladigan Facebook Connect anjumanida muhokama qilmoqchi.  

Kompaniyaning yangi nomi qanday bo`lishi sir tutilmoqda. Agentlikda keltirilishicha, tarmoqning hamma rahbarlari ham bu nom qanday ekanidan bexabar.  

Ma`lumot uchun, Facebook ijtimoiy tarmog`i 2004 yil fevralida 19 yoshli amerikalik talaba Mark Sukerberg tomonidan yaratilgan. Tarmoq shtab-kvartirasi Menlo-Park (Kaliforniya)da joylashgan. Facebook kompaniyasi tarkibiga Messenger, WhatsApp va Instagram ilovalari kiradi.

Sukerberg eng boy amerikaliklar ro`yxatida uchinchi o`rinda turibdi. Sentyabr oyining boshida uning boyligi 134,5 milliard dollarga baholangan. 

    Boshqa yangiliklar