Bu haqda AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig`i Salohiddin Toshmatov ma`lum qildi.
Ushbu miqdordan 5 mlrd. 493,2 mln. so`mlik maqsadsiz va ortiqcha xarajatlarning oldi olindi;
4 mlrd. 979,3 mln. so`mlik qismi profilaktik tadbirlar jarayonida undirilib tiklandi.
996,2 mln. so`mlik qismi (ortiqcha to`langan ish haqi va boshqa hisob-kitoblar) keyingi oylarda hisob-kitob qilish uchun undiruvga qaratildi.
Bundan tashqari, 2 ta oliy ta`lim hamda 8 ta kasbiy ta`lim muassasasida aniqlangan 2 mlrd. 136,6 mln. so`mlik xato va kamchilikda jinoyat alomatlari mavjudligi sabab huquqiy baho berish va qonuniy chora ko`rish uchun huquqni muhofaza etuvchi organlarga yuborildi.
Moliyaviy kamchiliklarga yo`l qo`ygan rahbar va mas`ul xodimlarning 33 nafariga nisbatan intizomiy jazo qo`llanilib, 21 nafari lavozimidan ozod etildi.