AsosiyJamiyat

Bo`stonliq tumanida "texpasport"ini yangilashga olib kelingan mashina Qirg`izistonda 23 yildan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`ldi

'Bo`stonliq tumanida "texpasport"ini yangilashga olib kelingan mashina Qirg`izistonda 23 yildan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB YHXBga kelgan avtomobil Qirg`izistonda uzoq yillardan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 15 oktyabr kuni Bo`stonliq tumanida istiqomat qiluvchi, 1988 yilda tug`ilgan fuqaro B.A. o`ziga tegishli bo`lgan 1987 yilda ishlab chiqarilgan “Vaz-2106” rusumli avtomobilining eski namunadagi qayd etish guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun ariza bilan murojaat qilgan.

Ushbu avtomobilning ma`lumoti va agregat raqami tekshirilganda Qirg`iziston Respublikasidan olib qochilganligi va 1998 yil 20 fevral kunidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Malumot uchun, O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBBda ro`yhatga olinayotgan, qayta ro`yhatdan o`tkazilayotgan, ro`yhatdan chiqarilayotgan transport vositalari O`zbekiston Respublikasi IIV “Yagona avtomatlashtirilgan hisob tizimi” bazasidan tekshiruvdan o`tkazilishi lozim. Ushbu tizimdan tekshiruvdan o`tkazish 2015 yildan yo`lga qo`yilgan bo`lib, avtomatik tarzda ishlaydi.

    Boshqa yangiliklar