O`zgidromet joriy yil 21-22 oktyabr kunlari respublika hududlarida havo harorati keskin pasayishi, ayrim hududlarda yog`ingarchilik va kuchli shamollar bo`lishi haqida ogohlantirdi.
Xabarda aytilishicha, 22 oktyabr kuni respublikaning ayrim hududlarida havo harorati 3 daraja sovuqgacha pasayadi. Tog`larda qor yog`adi.
— 21 oktyabrdan 22 oktyabrga o`tar kechasi Qamchiq dovonida ob-havoning keskin yomonlashishi kutilmoqda — deydi “Qamchiqavtoyo`l” ixtisoslashtirilgan yo`llardan foydalanish unitar korxonasining axborot xizmati xodimi Baxtiyor Normatov. — “Qamchiqavtoyo`l” IYFUK Ichki ishlar vazirligi va boshqa ixtisoslashtirilgan xizmatlar bilan hamkorlikda kutilayotgan noqulay ob-havo oqibatlarini bartaraf etish choralarini ko`rgan. Ko`satilgan kunlarda dovon yo`liga otlanishni reja qilgan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rib, safarga chiqishlarini tavsiya qilamiz. Agar juda zarurat bo`lmasa, safarni keyinroqqa qoldirishlari taklif etiladi.






