Ma`lumki, Adliya vazirligi tomonidan Hukumatning 2020 yil 8 yanvardagi 8-son qarori (https://lex.uz/docs/4688498) ga asosan hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik reytingi b-indicator.uz saytida e`lon qilinib kelinmoqda.
Hududlar reytingini aniqlash “BUSINESS INDICATOR” tizimi orqali mas`ul tashkilotlar tomonidan kiritilgan ma`lumotlar hamda tadbirkorlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovlar asosida amalga oshiriladi.
Xususan, birinchi reyting natijalari 2019 yilning yakuni bo`yicha e`lon qilingan, undan so`ng 2020 yilning birinchi yarmi va 2020 yilning yakuni bo`yicha e`lon qilingan.
Navbatdagisi esa 2021 yilning I yarim yilligi bo`yicha 14 ta viloyat hamda 203 ta tuman (shahar)larning biznes muhiti bo`yicha.
Reyting 30 ta indikator bo`yicha shakllantirilib, unda 15 ta mas`ul tashkilotlar tomonidan kiritilgan 4 mingga yaqin statistik ma`lumotlar hamda 25 mingdan ortiq tadbirkorlardan so`rov yo`li bilan olingan 470 mingdan ortiq axborotlar tahlil qilindi.
2021 yil biznes reytingida 14 ta hududlar ichida1-o`rindaToshkent shahri bo`lsa, oxirgi 14-o`rinni Surxondaryo viloyati (2020 yilda ham 14-o`rinni egallagan)egalladi.
| 2021 yil 1 yarmi | Hududnomi | 2020 yil yakuni | ||
| Egallagan o`rni | To`plagan bali | Egallagan o`rni | To`plagan bali | |
| 1-o`rin | 7,4 ball (–0,4 ball) | • Toshkent sh. | 1-o`rin | (7,8 ball) |
| 2-o`rin | 6,7 ball (+0,5 ball) | ↑ Navoiy v. | 3-o`rin
| (6,2 ball) |
| 3-o`rin | 6,2 ball (+0,1 ball) | ↑Buxoro v. | 4-o`rin | (6,1 ball) |
| 4-o`rin | 6,1 ball (+0,7 ball) | ↑ Farg`ona v. | 9-o`rin | (5,4 ball) |
| 5-o`rin | 5,8 ball (–0,2 ball) | • Qoraqalpog`iston R. | 5-o`rin
| (6 ball) |
| 6-o`rin | 5,8 ball (–0,4 ball) | ↓Namangan v. | 2-o`rin | (6,2 ball) |
| 7-o`rin | 5,5 ball (+1 ball) | ↑Qashqadaryo v. | 13-o`rin | (4,5 ball) |
| 8-o`rin | 5,5 ball (+0,4 ball) | ↑ Xorazm v. | 10-o`rin | (5,1 ball) |
| 9-o`rin | 5,5 ball (+0,9 ball) | ↑ Samarqand v. | 12-o`rin | (4,6 ball) |
| 10-o`rin | 5,4 ball (–0,4 ball) | ↓ Toshkent v. | 6-o`rin | (5,8 ball) |
| 11-o`rin | 5,3 ball (–0,3 ball) | ↓ Sirdaryo v. | 8-o`rin | (5,6 ball) |
| 12-o`rin | 5,1 ball (–0,5 ball) | ↓ Andijon v. | 7-o`rin | (5,6 ball) |
| 13-o`rin | 5 ball | ↓ Jizzax v. | 11-o`rin | (5 ball) |
| 14-o`rin | 4,8 ball (+0,3 ball) | ↑ Surxondaryo v. | 14-o`rin | (4,5 ball) |
Bundan tashqari, tuman darajasida baholash 10 ta yo`nalish bo`yicha amalga oshirildi. Tuman (shahar)lar orasida eng yaxshi ko`rsatkich Bektemir tumanida (Toshkent sh.)qayd etilgan bo`lsa, eng past ko`rsatkich Bekobod tumanida (Toshkent v.) ekanligi aniqlandi.
Baholash yakunlari 2021 dastlabki yarim yilligida tadbirkorlik rivojlanishida o`tgan yilga nisbatan bir qator salbiy va ijobiy o`zgarishlar bo`lganligini ko`rsatdi.
Jumladan, bo`sh turgan binolar va er uchastkalaridan samarali foydalanish, sudlarda tadbirkorlar ishtirokida ko`rib chiqilgan nizolar soni, tadbirkorlarning banklardagi band solingan hisobvaraqlari soni,tadbirkorning huquqlari buzilganligi bo`yicha murojaatlar soni hamda er uchastkalarni davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo`yilishikabi yo`nalishlardagi umumiy holat yomonlashgan bo`lsa, boshqa ayrimyo`nalishlarda ijobiy o`zgarish kuzatilgan.
Xususan, tadbirkorlik sub`ektlariga ajratilganjami kredit miqdori, kichik sanoat hamda erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshirilgan loyihalar soni, tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlari umumiy hajmi, tadbirkorlarning Davlat byudjetiga to`lagan soliq va boshqa majburiy to`lovlar miqdori sezilarli darajada yaxshilangan.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, baholash natijalari hamma uchun ochiq bo`lib, ulardan tahliliy ma`lumotnomalar tayyorlashda, shuningdek, ilmiy izlanishlardakeng foydalanishlari mumkin.
Shu sababli, saytga tashrif buyuring va o`zingiz yashayotgan hududning taqdiriga befarq bo`lmagan holda so`rovlarda faol ishtirok eting. Sizning fikringiz bevosita o`zingiz yashayotgan hudud rivoji uchun ta`sir qiladi.
Hududlarning Biznes reytingi bilan batafsil tanishish uchun b-indicator.uz saytiga o`ting.
A.BEKMIRZAEV,
Adliya vazirligi mas`ul xodimi






