AsosiyJamiyat

Rio-2016 Olimpiya sovrindori diskvalifikasiya qilindi

'Rio-2016 Olimpiya sovrindori diskvalifikasiya qilindi'ning rasmi

Dzyudo bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi a`zosi, Rio-2016 Olimpiya o`yinlari sovrindori, Osiyo o`yinlari g`olibi, Osiyo chempionati kumush medali hamda ko`plab turnirlarda ishonchli g`alabalarga erishgan sportchi Diyorbek Urozboevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlangan. 

Diyorbek Urozboev O`zbekiston Milliy antidoping agentligining “Milliy test ro`yxati”ga kiritilgan bo`lib, rejali tarzda doping-nazoratidan o`tishi belgilangan. Joriy yilning 6 may kuni sportchidan musobaqadan tashqari davrda doping-sinama olingan edi.

Tekshiruv natijasida sportchi tomonidan Butunjahon antidoping kodeksi va O`zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida ko`rsatilgan antidoping qoidabuzarligi sodir etilgan ya`ni “Meldonium” taqiqlangan moddasi iste`mol qilinganligi aniqlangan.

“Meldonium” taqiqlangan moddalar ro`yxatining S4. Gormonlar va metabolizm modulyatorlari sinfiga mansub hisoblanadi.

Natijada Urozboev 3 yil muddatga diskvalifikasiya qilindi. Diskvalifikasiya 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustga qadar etib belgilandi.

Dzyudochi diskvalifikasiya muddati tugaganga qadar Butunjahon antidoping kodeksi va O`zbekiston Milliy antidoping qoidalarining 2.1-moddasida belgilab qo`yilganidek, xalqaro va milliy toifadagi musobaqalarda ishtirok etishi taqiqlanadi.

 

Izzatbek Abduvahobov tayyorladi

    Boshqa yangiliklar