"Hammadan ko`ra menga qadrdonsizlar va meni hammadan ko`ra ko`proq bilasizlar!"
Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoev jizzaxliklar bilan uchrashuvini mana shu gap bilan boshladi, deya xabar bermoqda "Darakchi" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
O`z nutqini davom ettirarkan, Shavkat Mirziyoev butun dunyoni zabt etgan pandemiya sharoitida vaziyatni yaxshilash uchun 80 trln. so`m mablag` ketgani haqida gapirdi.
"Tasavvur qilinglar, agar bu balo bo`lmaganda bu pullarga qancha maktab, qancha kasalxona qancha yo`l va hokazolar qilishimiz mumkin edi. Lekin 80 trln.dan ko`ra, menga birgina insonning taqdiri, sog`lig`i afzal!" - dedi u.
Prezidentning jizzaxliklar bilan uchrashuvi davom etmoqda.






