AsosiyJamiyat

“Minor” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

'“Minor” jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi'ning rasmi

Bugun, 21 oktyabr kuni O`zbekiston musulmonlari idorasida o`tkazilgan poytaxt imom-xatiblari yig`ilishida Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Rahmatulloh domla Sayfuddinovga Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu kunga qadar “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Foziljon domla Ubaydullaev Yunusobod tumani Bodomzor dahasidagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi  vazifasiga o`tkazildi.

 

    Boshqa yangiliklar