Markaziy saylov komissiyasini ma`lum qilinishicha, saylovchining ushbu xatti-harakatlari qat`iyan taqiqlanadi.
Saylov byulletenini ovoz berib bo`lgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish saylovning yashirin ovoz berish prinsipini buzish demakdir. Hozirgi kunda barcha saylov uchastkalaridagi ovoz berish kabinalariga suratga olishni taqiqlash to`g`risidagi plakatlar joylashtirilmoqda.
Fuqarolar saylovning yashirin ovoz berish prinsipini saqlagan holda, saylov byulletenini ovoz berib bo`lgach suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingiz so`ralmoqda.






