Bugun, 21 oktyabr kuni O`zbekiston musulmonlari idorasida o`tkazilgan poytaxt imom-xatiblari yig`ilishida Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Rahmatulloh domla Sayfuddinovga Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Shu kunga qadar “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Foziljon domla Ubaydullaev Yunusobod tumani Bodomzor dahasidagi “Mirza Yusuf” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o`tkazildi.