AsosiyJamiyat

"Yangi O`zbekiston” universitetida ilk o`quv yili boshlandi

'"Yangi O`zbekiston” universitetida ilk o`quv yili boshlandi'ning rasmi

"Yangi O`zbekiston” universitetida ilk o`quv yili boshlandi. 

Imtihon natijalariga ko`ra, 200 nafar talaba o`qishga qabul qilindi, deya "Darakchi"ga ma`lum qildi Prezident ta`lim muassasalari agentligi . 

Qayd etilishicha, universitetda ilk o`quv yilining boshlanishi munosabati bilan 18-23 oktyabr kunlari tanishtiruv haftaligi o`tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur hafta davomida talabalarga oliygohda yaratilgan shart-sharoitlar, fan o`qituvchilari, dars jadvallari, baholash me`zoni, universitet tartib-qoidasi, shuningdek “Yangi O`zbekiston” ta`lim portali (Intranet) bilan tanishtiriladi. 

Ma`lumot o`rnida, “Yangi O`zbekiston” universitetiga kirish imtihoni Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda joriy yilning 6 sentyabr kuni bo`lib o`tib, unda saralash bosqichidan muvafaqqiyatli o`tgan 1213 nafar nomzod ishtirok etishgan. 

Imtihonlarning 1-bosqichi – saralash jarayonlarida jami 6000 dan ortiq talabgorlar ro`yxatdan o`tgan. 

2021-2022 o`quv yilida mazkur universititetga quyidagi yo`nalishlarga qabul bo`lib o`tgan: 

- Mexanika muhandisligi; 

- Kimyo muhandisligi; 

- Dasturiy ta`minot muhandisligi. 

Ma`lumotga ko`ra, “Yangi O`zbekiston” universiteti o`z yo`nalishida “Dunyoning eng yaxshi 100 universitetlari” reytingida 1-o`rinda turadigan Massachusets texnologiya instituti bilan hamkorlik qiladi. Universitetga mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy pedagog-kadrlar ham jalb etilgan.

    Boshqa yangiliklar