Xabaringiz bor, roppa-rosa 2 kundan so`ng Prezidentlik saylovi boshlanadi.
Shu o`rinda savol tug`iladi, joriy yildagi saylovlarda respublikaning boshqa hududidan Toshkentga o`qish uchun kelgan talabalar va ishlayotgan fuqarolar qaerda ovoz berishadi?
14-Toshkent shahar saylov okrugi tomonidan saylov jarayonlariga tayorgarlik masalalariga bag`ishlangan matbuot anjumanida bu haqda ma`lumot berildi.
Qayd etilishicha, joriy yildagi saylovlarda boshqa hududdan kelgan talabalar va ishlayotgan fuqarolarning Toshkent shahrida ovoz berishi nazoratga olingan.
Poytaxtdagi barcha talabalar o`zlarining turar joylaridagi, shuningdek, ijarada turuvchi 85.738 nafar talabalar esa o`zlari yashash joyiga yaqin bo`lgan saylov uchastkalarining ro`yxatiga kiritilgan.
Ma`lumotga ko`ra, Toshkentga kelib ishlayotganlarning 71 ming nafari ham poytaxtdagi saylov uchastkalarida ovoz berishlari kutilmoqda.