"Farzandlikka olish tartibining huquqiy asoslari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida"gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Kiritilgan o`zgartishlarga ko`ra, farzandlikka olishni istisno qiluvchi jinoyatlar aniq belgilandi.
Xususan, hayotga, sog`liqqa, jinsiy erkinlikka, oilaga qarshi, o`zganing mol-mulkini talon-taroj qilish, giyohvandlik vositalari bilan bog`liq va boshqa bir qator jinoyatlarni qasddan sodir etgan shaxslar farzandlikka oluvchilar bo`lishi mumkin emas. Ilgari qasddan har qanday jinoyatni sodir etganlar farzandlikka oluvchi bo`lishi taqiqlangan.
Shuningdek, Hukumat tomonidan tasdiqlanadigan ayrim kasalliklarga chalinganlar ham farzandlikka oluvchi bo`lishi mumkin emasligi belgilandi.