2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida respublikamizga kelib tushgan xalqaro transchegaraviy pul o`tkazmalari hajmi 5,7 mlrd AQSh dollarini tashkil etgan. Bu haqda Markaziy banki xabar bermoqda.
Ma`lumotlariga ko`ra, joriy yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan transchegaraviy pul o`tkazmalari hajmi 2020 yilning mos davriga (4,3 mlrd. AQSh dollari) nisbatan 34,2 foizga, 2019 yilning mos davriga (4,5 mlrd. AQSh dollari) nisbatan esa 29 foizga o`sgan.