Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Toshkent shahar IIBB bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.A. va X.X.lar oldindan til biriktirib, alkogol mahsulotlarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko`zlab, fuqaro R.ga chet elda ishlab chiqarilgan aksiz markalar bilan elimlanmagan 1 litr hajmdagi 100 dona “Yeni Raki” nomli alkogol mahsulotini jami 3 300 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.