AsosiyJamiyat

Prezidentlikga nomzod Bahrom Abduhalimov Toshkent viloyatidagi saylovchilari bilan uchrashdi

'Prezidentlikga nomzod Bahrom Abduhalimov Toshkent viloyatidagi saylovchilari bilan uchrashdi'ning rasmi

“Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzod Bahrom Abduhalimov saylovchilar bilan  saylovoldi uchrashuvlari qizg`in bahs-munozaralarga boy o`tmoqda.

Toshkent viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashuvlar ham xuddi ana shunday kayfiyatda bo`lib o`tdi.

Saylovchilar bilan uchrashuvlar katta ahamiyatga ega bo`lib, ular nomzodning shaxsi va dasturi bilan yaqindan tanishishi, unga o`z savollarini berishi va ularga javoblar olishi, umuman, nomzod to`g`risida batafsil ma`lumotga ega bo`lishi mumkin.

Angren erkin iqtisodiy zonasi majlislar zalida bo`lib o`tgan uchrashuvda partiya vakillari, mahalliy kengash deputatlari, ta`lim, tibbiyot sohalari vakillari, nuroniylar, faol yoshlar, xotin qizlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvni “Adolat” sosial-demokratik partiyasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko`rsatilgan nomzodning Toshkent viloyatidagi ishonchli vakili, partiyaning Toshkent viloyat Kengashi deputati Gulnora Axmedova  ochib, Bahrom Abduhalimovni saylovchilarga tanishtirar ekan, nomzodning tarjimai holi hamda mehnat faoliyati haqida batafsil ma`lumotlar berdi.

Dasturda ilgari surilgan g`oyalar fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimizda Vatanga muhabbat tuyg`usini yuksaltirish, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan o`nta ustuvor yo`nalishdan iborat ekanligini qayd etdi.

Nomzodning dasturida qayd etilgan ustuvor yo`nalishlar, maqsad va vazifalar sosial-demokratiya g`oyasi hamda O`zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari va siyosiy platformasiga to`liq mos kelishi ta`kidlandi.

Uchrashuvda Bahrom Abduhalimov saylovchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytardi. 

Prezidentlikka nomzod uning dasturiga qiziqish bildirganliklari uchun ishtirokchilarga o`z tashakkurini izhor etdi.

 

“Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi matubot xizmati

 

    Boshqa yangiliklar