AsosiyJamiyat

Chirchiqda qoida buzib qo`lga tushgan "Captiva" haydovchisi qidiruvdagi aybdor bo`lib chiqdi

'Chirchiqda  qoida buzib qo`lga tushgan "Captiva" haydovchisi qidiruvdagi aybdor bo`lib chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 20 oktyabr kuni Chirchiq shahrida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Sh.Yunusov va J.Atajanovlar tomonidan "Captiva" rusumli avtomobil haydovchisi to`xtatilgan. Tekshirilganda haydovchi avtotransport boshqarish huquqidan mahrum etilganligi, transport vositasi yon oynalarining tusi qoraytirilganligi bo`yicha ruxsatnomasi va boshqa me`yoriy hujjatlari ham yo`qligi aniqlangan. 

Shuningdek, planshet moslamasi yordamida haydovchining ma`lumotlari maxsus dastur orqali tekshirilganda, haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan A.A. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi A.A. hududiy IIBga topshirilgan va boshqaruvidagi avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.

    Boshqa yangiliklar