Joriy yil 23, 24 oktyabr kunlari “Toshkent-Buxoro-Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan 770/769-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdlari yangi harakat jadvali bo`yicha harakatlanadi. Bu haqda "O`ztemiryo`lovchi" AJ xabar bermoqda.
Unga ko`ra,
- 770-sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi ushbu kunlarda Toshkent markaziy temir yo`l vokzalidan ertalab soat 07:07 da;
- 769 -sonli “Afrosiyob” zamonaviy poezdi esa soat 16:49 Buxoro temir yo`l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.