AsosiyJamiyat

“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezdlar harakati yo`lga qo`yildi

'“Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezdlar harakati yo`lga qo`yildi'ning rasmi

Yo`lovchilarning talablarini inobatga olib, ularga yanada ko`proq transport xizmatlarini ko`rsatish maqsadida 2021 yil 25 oktyabrdan boshlab, 662/661-sonli “Toshkent-Urganch-Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha poezdlar harakati yo`lga qo`yiladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Axborot xizmati xabar bermoqda.  

Harakat jadvaliga ko`ra “Toshkent-Urganch” yo`nalishida harakatlanadigan 662-sonli yo`lovchi poezdi haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari ertalab soat 09:20 da Toshkent janubiy temir yo`l vokzalidan;

 “Urganch-Toshkent” yo`nalishida harakatlanadigan 661-sonli yo`lovchi poezdi esa haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari ertalab soat 07:10 da Urganch temir yo`l vokzaladigan qatnovini amalga oshiradi.

Izoh: Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar