AsosiyJamiyat

Sirdaryoda оbodonlashtirish boshqarmasi ishchisini avtomobil urib yuborgani bo`yicha ma`lumot berildi

'Sirdaryoda оbodonlashtirish boshqarmasi ishchisini avtomobil urib yuborgani bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda Guliston shahrida obodonlashtirish boshqarmasi ishchisini avtomobil urib yuborgani haqida xabar tarqaldi. 

Holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lumot berdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 9 avgust kuni soat 14:30 larda Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida, O`zbekiston shoh ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelib, yangi bozor hududiga kirish joyida tashkil etilgan aylanma harakatda haydovchi A.M. "Labo" rusumli avtomobilda obodonlashtirish boshqarmasi ishchisi S.U.ni urib yuborgan.

Natijada, fuqaro S.U. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Guliston shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan tegishli hujjatlar to`planib, o`rganib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo`yicha shahar sudiga yuborish choralari ko`rilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar